

Martin Dubravka "Nkasl" tarkibidan "Manchester Yunayted"ga o'tdi. Manchesterliklar Dubravkani mavsum so'nggida sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishdi.
"MYUga o'tish faoliyatimdagi ajoyib palla bo'ldi. Jamoaga o'z maqsadlariga yetishish uchun yordam berish niyatidaman", -deydi Dubravka.
Ma'lumot uchun, Dubravka o'tgan mavsum APLda 26 o'yinda maydonga tushib, 35 ta gol o'tazib yuborgan.



