Rasman: MYU himoyachisi “Bayer”ga o'tdi

Eldor Akmurzayev
13 yanv 2021
“Qizil iblislar” a'zosi Timoti Fosu-Mensa faoliyatini “Bayer”da davom ettiradi.

23 yoshli futbolchi bilan kelishuv 2024 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfer summasi esa hozircha oshkor qilinmadi. Niderlandiyalik yangi jamoasida 24-raqam ostida o'ynaydi.

Fosu-Mensa 2014 yildan beri MYUda o'ynayotgandi. U asosiy jamoa libosida 30 ta bahsda maydonga tushgan, shuningdek, ijara asosida “Kristal Pelas” va “Fulxem”da harakat qilgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/bayer04fussball