

Bosniyalik futbolchining transfer summasi bonuslar bilan qo'shgan holda 8 mln. evroni tashkil etgani taxmin qilinmoqda. Rossonerilar Krunich bilan to'rt yillik kelishuvga erishgan.
Aytish kerakki, 25 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Empolining eng yaxshi assistenti bo'lgandi. U mavsum mobaynida 34 bahsda ishtirok etib, 5+6 ko'rsatkichni o'z hisobiga yozib qo'ygandi.




