Rasman: "Milan" Sandro Tonalini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
10 sen 2020
Milanliklarda sotib olish huquqi ham mavjud.

Xabaringiz bor, bugun "Breshia" yarim himoyachisi Sandro Tonali tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Milanga yetib kelgan edi. 

"Milan" va "Breshia" Tonalini keyinchalik xarid qilish bandi bilan ijara borasida kelishuvga erishishgan. 

"Milan" 20 yoshli xavbek uchun 10 mln evro to'laydi, kelasi yozda esa yana 15 million. Bundan tashqari, "Breshia" bonuslar sifatida 10 million evro olishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Tonali "Milan" tarkibida 8-raqam ostida to'p tepadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acmilan.com