Rasman: "Mashal" Yashinni transfer qildi

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2025, 17:11
​Bu haqda Muborak klubi matbuot xizmati xabar berdi.

"Mashal" jamoasi Rossiyalik markaziy himoyachi Dmitriy Yashin bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekdi.

32 yoshli tajribali legioner Poxvistnevo shahrida tavallud topgan. U o'z faoliyati davomida Rossiya, Belarus, Armaniston va Qozog'iston chempionatlarida to'p tepgan.

Yashin o'z vaqtida Rossiyaning "Terek II", "Sokol" Saratov, "Oryol", "Kuban" kabi jamoalari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Belarusning "Krumkachi", "Luch" Minsk, "Dnyapro", "Torpedo" Jodino, Armanistonning "Gandzasar", Qozog'istonning "Aktobe" va "Elimay" jamoalarida faoliyat olib borgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати