Rasman: Mart oyida Namanganda to'rt terma jamoa ishtirokida "Navruz Cup" musobaqasi bo'ladi

Alisher
1 mar 2022, 16:11
25-29 mart kunlari O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan “Navruz Cup-2022” xalqaro o'rtoqlik turnirini tashkil etiladi.

Unda mezbon O'zbekiston terma jamoasi bilan birgalikda Tojikiston, Qirg'iz Respublikasi va Uganda terma jamoalari ishtirok etishadi. 

Jamoalar dastlab yarim final uchrashuvlarini o'tkazishadi. G'oliblar birinchi o'rin uchun, mag'lub jamoalar esa uchinchi o'rin uchun kurash olib boradi. Barcha o'yinlar Namangandagi Markaziy stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, oldinroq saytimizda "Eshitdik-da!" rukni orqali bu haqda ma'lumot berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz