Rasman. Mario Manjukich "Yuventus" futbolchisiga aylandi
22 iyun 2015, 22:01
"Atletiko"ning sobiq hujumchisi xorvatiyalik Mario Manjukich Turinning "Yuventus" klubi rasman shartnoma imzolagani haqida klubning tvittyerdagi rasmiy sahifasi xabar berdi.
"Yuventus" klubi Mario Manjukich uchun 19 million evrodan voz kechdi. Ushbu pulni turinliklar ikki yil ichida uch qismga bo'lib "Atletiko"ga to'lab berishadi.
Mario Manjukich "Yuventus" bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi.