Rasman: Mario Gomes "Volfsburg" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
18 avg 2016, 12:22
"Volfsburg" hujumchi Mario Gomes bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda "bo'rilar"ning rasmiy sayti e'lon qildi.

31 yoshli Gomes o'tgan mavsumni "Beshiktosh"da ijarada o'tkazgan edi. U jamoa bilan birga Turkiya chempioniga va chempionat to'purariga aylandi (26 ta gol).

Mario "Volfsburg" safida 33 raqamda o'ynaydigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia