Rasman: "Manchester Siti" yirik transferni amalga oshirdi

Alisher
4 iyul 2022
"Lids" yarim himoyachisi Kalvin Fillips "Manchester Siti"ga o'tdi.

Bu haqda manchesterliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.

Xavbek klub bilan olti yillik shartnoma imzoladi. Angliya terma jamoasi o'yinchisi "Manchester Siti"da 4-raqam ostida o'ynaydi.

Oldinroq, Fillipsning transferi "shaharliklar"ga 45-50 mln funtga tushishi aytilgan edi.

Futbolchi o'tgan mavsum "Lids" safida barcha musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi. 


AlisherMuallif
Manba: mancity.com