Rasman: Luis Suares - “Atletiko” futbolchisi

24 sen 2020, 07:45
Luis faoliyatini Madridda davom ettiradi.

“Barselona” jamoa hujumchisi Luis Suaresning “Atletiko M”ga o'tganini tasdiqladi. Avvalroq Kataloniya klubining Suares transferidan 6 mln evrogacha bo'lgan turli xildagi bonuslarga ega bo'lishi mumkinligi aytilgandi. Agar “Atletiko” YCHLda 1/4 finalga chiqadigan bo'lsa, “Barselona” 2 mln evrodan ishlab oladi.

Ma'lumot uchun, Luis Suares 2014 yildan beri Kataloniya klubi sharafini himoya qilib kelayotgandi. U jamoa safida jami 283 ta o'yinda qatnashib, 198 ta gol urdi. Suares “Barselona” safida 4 martadan Ispaniya chempionligi va mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. Shuningdek, 2015 yilda YCHLda g'olib bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Барселона” расмий сайти