Rasman: Lopetegi - "Sevilya" bosh murabbiyi

Alisher
4 iyun 2019, 14:25
"Sevilya"ga rasman bosh murabbiy tayinlandi.

"Real" va Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi "Sevilya" bilan 3 yillik shartnoma tuzdi.

U "Sevilya"ning hozirgi bosh murabbiyi Xoakin Kaparrosani almashtiradi. Uning oxirgi ish joyi Madridning "Real" jamoasi bo'lgan edi.

Lopetegi mundialdan so'ng "Real"ni qabul qilishi aniq bo'lganidan so'ng, Ispaniya futbol federatsiyasi tomonidan iste'foga chiqarilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: www.sevillafc.es