Rasman: "Liverpul" Virtcni 136 mln evaziga sotib oldi

Mirjalol Normatov
20 iyun 2025, 23:28
"Liverpul" Florian Virtcni "Bayer"dan sotib oldi.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, Mersisayd klubi 22 yoshli yarim himoyachi uchun nemis klubiga bonuslar bilan qo'shib hisoblaganda 136,3 mln evro to'laydi.

Virtc 2020 yildan buyon "Bayer"da o'ynayotgandi. U klub uchun 197 o'yinda qatnashib, 57 gol va 63 assist qayd etdi.

Yakunlangan mavsumda xavbek barcha turnirlarda 45 o'yinda 13 gol va 14 assist amalga oshirdi.

Virtc uchun transferlar oynasida "Bavariya" va "Manchester Siti" ham kurash olib borgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/LFC