Rasman: "Liverpul" navbatdagi transferni e'lon qildi

Mirjalol Normatov
28 iyul 2019, 13:36
"Fulxem" hujumchisi Xarvi Elliot "Liverpul"ga o'tdi.

Angliya yoshlar termasi futbolchisi Edinburgda "Napoli"ga qarshi o'yindan oldingi kun jamoa bilan mashg'ulotlarga kirishadi va keyinchalik Eviandagi yig'inlarda qatnashadi.

Aprel oyida u 17 yoshga to'ladi va o'shanda u jamoa bilan 3 yildan ortiq bo'lmagan professional shartnoma imzolashi mumkin. Uning xizmatlariga APLning bir qancha jamoalari hamda "Real", PSJ va "RB Leyptsig" kabi jamoalar da'vogarlik qilgandi.

Elliot - APL tarixidagi eng yosh futbolchi hisoblanadi. May oyida 16 yosh 30 kunligida ilk bor debyut qilgandi.



O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/LFC