Rasman: Levandovski shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
29 avg 2019, 22:29
"Bavariya" matbuot xizmati hujumchi Robert Levandovski bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e'lon qildi.

Tomonlarning yangi kelishuvi 2023 yilga qadar davom etadi.

Polshalik hujumchi 2014 yildan buyon "Bavariya" sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqtdan buyon u jamoasi tarkibida 246 o'yinda qatnashib, 197 gol urdi va 47 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcbayern