"Shalke-04" yarim himoyachisi Leroy Sane "Manchester Siti" bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda "shaharliklar" rasmiy sayti e'lon qildi.
Futbolchi va klub o'rtasidagi bitim 5 yilga mo'ljallangan. "Manchester Siti" Sane uchun "Shalke-04"ga 37 mln. funt to'laydi. Leroy yangi jamoasida 19-raqam ostida to'p tepadi.