Rasman: Kulibali - "Chelsi" futbolchisi

Alisher
16 iyul 2022
"Chelsi" rasman Kalidu Kulibalini o'z safiga qo'shib oldi.

Futbolchi klub bilan "4+1" ko'rinishida shartnoma imzoladi. 

Senegallik futbolchi allaqachon o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etish uchun AQSHga yo'l olgan. 

Himoyachining transfer narxi va qo'shimcha ma'lumotlar hali ochiqlanmadi, ammo 31 yoshli himoyachining Londonga ko'chib o'tishi "aristorkratlar" uchun 40-45 million evro atrofida tushgani aytilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: chelseafc.com