Rasman: Koutino “Barselona”ga qaytdi

Eldor Akmurzayev
2 sen 2020, 19:40
“Bavariya” braziliyalik xavbekni sotib olishni istamadi va Filippe ijara shartnomasi tugagani sabab Kataloniyaga qaytdi.

“Koutinoga qilgan mehnati uchun minnatdorchilik bildiramiz. U o'z o'yinlari bilan uni bekorga ijaraga olmaganimizni isbotladi. Filippe treblni yutishimizda yordam berdi. Unga kelajakdagi faoliyatida zafarlar tilab qolamiz”, deydi “qizillar” boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaync Rummenigge.

Koutino o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 6ta assist qayd etgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FCBayern