Rasman: Keylor Navas PSJga o'tdi, Areola esa joriy mavsum "Real" safida o'ynaydi

2 sen 2019, 21:25
Parijliklar "Real" posboni Keylor Navasning transferini e'lon qilishdi.

32 yoshli Kosta-Rika terma jamoasi a'zosi PSJ bilan 2023 yil yoziga qadar shartnoma imzoladi. 

Avvalroq, u Fransiya klubida yiliga 18 mln evro ishlab topishi aytilgandi. Bundan tashqari, Navasning transferidan "qirollik klubi" 15 mln evro hamda Alfonso Areolani 1 mavsumga ijaraga oladi. 

Parijliklar shartnomada "Real" Areolani sotib olish sharti bilan ijaraga olmayotganini e'lon qilishdi. Boisi, fransiyalik posbonning PSJ bilan yana 4 yillik shartnoma muddati tugamagan.


O'xshash yangiliklar


Manba: realmadrid.com