

Lombardiya klubi Atalanta futbolchisini ikki yilga ijaraga oldi. Bu muddat tugagach uni to'liq sotib olish huquqi ham bor.
Yakunlangan mavsumda ivuarlik futbolchi Italiya A seriyasida 30ta o'yinda maydonga tushib 6ta gol urdi. Afrikalik futbolchi 4ta golli pas ham berdi.
Oldinroq, Kessie 28 million evro evaziga boshqa klubga o'tishi aytilgandi.





