Rasman: Karlush Keyrush Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi

Aslanov Jasurbek
7 fev 2019, 14:16
Eron terma jamoasi sobiq ustozi Karlush Keyrush Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.

Bu haqida Kolumbiya futbol federatsiyasi rasmiy sayti ma'lum qildi.

Portugaliyalik mutaxassis 2011-2019 yillar davomida Eron milliy jamoasida ishladi. Murabbiyning eronliklar ustozi sifatida qatnashgan so'nggi turniri BAAdagi Osiyo Kubogi bo'ldi. Ular musobaqa yarim finalida Yaponiya terma jamoasiga mag'lub bo'lishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcf.com.co