Rasman: JCH-2018 finalchisi "Inter"ga o'tdi

Tolibjon Qosimov
1 avg 2018, 11:43
"Atletiko" va "Inter" jamoalari o'zaro kelishuvga erishishdi.

Madridliklar o'ng qanot himoyachisi Shime Vrsalko "Inter"ga o'tdi. Bu haqda "matraschilar" matbuot xizmati xabar berdi. Unda keltirilishicha, "Inter" JCH-2018 finalchisini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.

Vrsalko yaqin vaqtlarda Milan shahriga borib tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnoma imzolaydi. Qizig'i, "Inter" matbuot xizmati ushbu kelishuv haqida hech qanday rasmiy ma'lumot bermadi. Katta ehtimol bilan milanliklar futbolchining tibbiy ko'rikdan o'tishini kutishmoqda.



Eslatib o'tamiz, biroz avval "Atletiko" klubi PSV Eyndxovendan kolumbiyalik o'ng qanot himoyachisi Santyago Ariasni sotib olgani haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: atleticodemadrid.com