"Atletiko" himoyachisi operaciya qilinadi

Mirjalol Normatov
8 dek 2021
"Atletiko" himoyachisi Shime Vrsalko YCHL doirasida "Portu"ga qarshi o'yinda jarohat orttirib oldi.

29 yoshli xorvat tibbiy ko'rikdan o'tkazildi va unda yuz qismi suyaklarida sinish aniqlandi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, futbolchi operaciya qilinadi. Shundan keyin uning holatiga qarab qancha vaqtni o'tkazib yuborishi ma'lum qilinadi.

Ushbu mavsumda Vrsalko 6 o'yinda qatnashib, 1 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/atleti