Rasman: Javohir Sidiqov faoliyatini "Nasaf" jamoasida davom ettiradi

Оқил Абдубарноев
4 yanv 2023, 19:32
"Qo'qon-1912" klubi yarim himoyachisi Javohir Sidiqov navbatdagi mavsumni Qarshining “Nasaf” jamoasida o'tkazadigan bo'ldi. Bu haqda Qo'qon jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.

Transfer borasida har ikki klub rahbarlari o'zaro kelishuvga erishdi. Qayd etilishicha, Javohirga Superliganing ko'plab jamoalaridan takliflar bo'lgan, biroq futbolchi o'z darajasini ushlab turish hamda OCHL musobaqasida ishtirok etish maqsadida qarshiliklar variantini tanlagan.

Shuningdek, Javohir Sidiqovning transferi bo'yicha barcha huquqlar “Qo'qon-1912” jamoasida saqlanib qolishi takidlangan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq saytimiz orqali Siddiqovning "Nasaf"ga o'tishi haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Қўқон-1912" ФК матбуот хизмати