Rasman: Ikrom Aliboev va “Lokomotiv” bir to'xtamga keldi
Tolibjon Qosimov
28 dek 2017
So'nggi yillarda barqaror o'yin namoyish etib kelayotgan mahoratli yarim himoyachi Ikrom Aliboev faoliyatini yana “Lokomotiv” safida davom ettiradigan bo'ldi.
23 yoshli futbolchi bugun “Lokomotiv” bilan shartnomasini yana ikki yilga uzaytirdi.
Qayd etish joizki, Ikrom Aliboev 2012 yildan buyon “temiryo'lchilar” jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.