Rasman: Gyundogan "Man Siti"dan "Galatasaroy"ga o'tdi. Transfer turk klubiga tekinga tushdi

Administrator
3 sen 2025, 01:15
Gyundogan turk grandi safiga borib qo'shildi.

34 yoshli germaniyalik yarim himoyachi turk klubi bilan 2027 yil yozigacha shartnoma tuzdi. "Galatasaroy" "Siti" Ilkayni bepul qo'yib yuborganini ma'lum qildi. Turkiyada Gyundogan yiliga soliqlar chegirilgandan so'ng 4,5 million evro daromad oladi.

Gyundogan "shaharliklar" tarkibida ikki davr mobaynida (2016-2023, 2024-2025) 14 ta sovrin, jumladan, APLda 5 ta chempionlik va Chempionlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan.

U klub safida barcha turnirlar doirasida 358 ta o'yin o'tkazib, 65 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia