Rasman: Gollini ijara asosida "Fiorentina"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
9 iyul 2022
"Fiorentina" "Atalanta" darvozaboni Perluiji Gollinini sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga oldi.

Oldinroq klub futbolchini 8 million evroga sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

27 yoshli italiyalik futbolchi professional faoliyatini boshlashdan avval "Fiorentina" akademiyasida o'ynagan. U shu vaqtgacha "Verona", "Aston Villa", "Atalanta" va "Tottenxem" klublarida to'p tepgan.

Gollini 2021/22 yilgi mavsumda ijara asosida "Tottenxem"da o'ynagandi. Darvozabon angliyaliklar safida 10 ta o'yinda 11 ta gol o'tkazib yuborgan va 2 ta uchrashuvda darvozani "quruq" saqlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acffiorentina.com