Rasman: Germaniya Futbol Ittifoki Lyovga ishonch bildirdi

30 noya 2020, 21:05
Bugun Germaniya Futbol Ittifoqi tomonidan o'tkazilgan konferenciyada mamlakat bosh jamoasining muvaffaqiyatsizliklari va bosh murabbiy masalasiga muhokama qilingan.

Yoaxim Lyov bilan Ispaniyaga qarshi o'yindagi sharmandali mag'lubiyat (0:6) hamda uning keyingi rejalari to'g'risida suhbatlashilgan. Shundan keyin GFI 60 yoshli mutaxassis amalga oshirayotgan terma jamoani yangilash yo'lini qo'llab-quvvatlagan va unga ishonch bildirgan.

Biroz avval Kristian Falk xabar berganidek, Yoaxim Lyov eng kamida 2021 yilning yozida o'tkaziladigan qita chempionatining oxiriga qadar jamoa boshqaruvida qoladi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: dfb.de