Rasman: Gattuzo "Napoli"dan ketdi

Alisher
24 may 2021, 08:28
Jennaro Gattuzo va "Napoli" hamkorlikni to'xtatishdi.

Italiyalik mutaxassis Italiya chempionati so'nggi tur doirasida "Verona" (1:1) bilan durang o'ynadi va jamoani Chempionlar Ligasiga olib chiqa olmadi.

Gattuzo "Napoli"ni ketma-ket ikki mavsum boshqardi. Neapolliklar o'tgan yili turnir jadvalida 7-o'rinni band etishgan edi, hozir esa jamoa 5-o'rinda.

Gattuzoning bosh yutug'i 2019/20 yilgi mavsumdagi Italiya Kubogi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/en_sscnapoli