Rasman: Fransiya chempionati o'yinlari ham vaqtincha muxlislarsiz o'tadi

Eldor Akmurzayev
10 mar 2020, 20:10
Liga 1 hamda Liga 2 bahslari 15 aprelga qadar bo'sh stadionlarda o'tkaziladi.

Bu haqda Fransiya professional ligasi (LFP) ma'lum qilgan. Ushbu chora mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida qilingan. 

Avvalroq, chempionatning 28-turidan o'rin olgan “Strasburg” – PSJ bahsi ham yuqoridagi sabab tufayli qoldirilgandi.

Ma'lumot o'rnida, epidemiya tufayli A Seriya uchrashuvlari 3 aprelgacha qoldirildi, La Liganing keyingi 2 turi esa muxlislarsiz o'yingohlarda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: LFP