Rasman: FIFA taqiqidagi "Chelsi" yozgi transferni e'lon qildi

Mirjalol Normatov
1 iyul 2019, 21:28
O'tgan mavsumni ijara asosida "Chelsi"da o'tkazgan Mateo Kovachich klub bilan to'laqonli shartnoma imzoladi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, xorvatiyalik futbolchi "Chelsi" bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Futbolchi o'tgan yili "Chelsi"ga ko'chib o'tgani uchungina klub bilan shartnoma imzolay oldi. Chunki "Chelsi" yozgi va qishki transferlar oynasida birorta futbolchini sotib ololmasligi borasida taqiqqa uchragandi.

Oldinroq "Chelsi" xorvatiyalik uchun "Real"ga 50 million evro to'lashi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/ChelseaFC