Rasman: Farfan “Lokomotiv”ni tark etdi

Eldor Akmurzayev
5 avg 2020, 20:00
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Perulik hujumkor yarim himoyachi 2019/20 yilgi mavsumning asosiy qismini jarohati tufayli o'tkazib yubordi. Mavsum oxirida esa u RPL doirasida o'tkazilgan 3 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urishga erishdi.

O'tgan mavsumda esa Jefferson chempionatda 20 bahsda ishtirok etgan holda 8+5 natija ko'rsatgan.

Eslatib o'tamiz, 35 yoshli o'yinchi 2017 yil “Al-Jazira”dan moskvaliklar tarkibiga kelib qo'shilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/fclokomotiv