RPLda koronavirus bilan kasallangan ilk futbolchi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
16 may 2020, 21:10
“Lokomotiv” (Moskva) hujumchisi Jefferson Farfan COVID-19'ga topshirga test tahlili ijobiy natija berdi.

U Rossiya chempionatida koronavirus bilan xastalangan birinchi futbolchiga aylandi. 35 yoshli perulik forvard joriy mavsum jarohati tufayli birorta o'yinda maydonga tushmagandi.

Farfanga kasallik tashxisi 15 may kuni qo'yilgan. Unda o'pka yallig'lanishi alomatlari paydo bo'lgan. “Temiryo'lchilar” direktorlari kengashi raisi Anatoliy Meshheryakov bu ma'lumotni tasdiqlagan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Baza