Rasman: Dushan Vlaxovich - "Yuventus" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
28 yanv 2022, 23:53
"Yuventus" matbuot xizmati hujumchi Dushan Vlaxovich bilan 2026 yil 30 iyuliga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.

Serbiyalik futbolchi uchun "Yuve" 70 million evro sarfladi. Shuningdek, yana 10 million evro bonuslar tarzida vada qilingan. Uning yillik maoshi 7 million evroga teng bo'ladi.

Ushbumavsumda forvard "Fiorentina" tarkibida 24 o'yinda qatnashib, 20 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: juventus.com