Rasman: Diego Simeone "Atletiko" bilan shartnomasini uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2021, 22:59
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone klubi bilan shartnomani uzaytirdi.

Argentinalik mutaxassis "Atletiko Madrid" bilan 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. 

Eslatib o'tamiz, Diego Simeone 2011 yilda "Atletiko"ga kelgandi. Shu davr mobaynida Simeone klub bilan sakkizta sovrin yutishni uddaladi. Madridliklar bilan 527 o'yin o'tkazgan murabbiy 316 o'yinda g'alabaga erishganini ham takidlash joiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: atleticodemadrid.com