Rasman: Dembele PSJ bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
12 avg 2023, 14:07
"Barselona" vingeri Usmon Dembele PSJga o'tdi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, fransiyalik parijliklar bilan 2028 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma tuzgan.

Oldinroq uning transfer summasi 50 million evroni tashkil qilishi xabar qilingandi.

Dembele o'tgan mavsum kataloniyaliklar safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano