Rasman: Chicharito La Liga klubi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
2 sen 2019, 15:28
"Vest Xem" hujumchisi Xaver Ernandes faoliyatini "Sevilya"da davom ettiradi.

Bu haqda ispan klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi. Transfer tafsilotlari haqida ma'lumot berilmayapti.

Oldinroq, transfer 8 million funtga imzolanishi haqida xabar berilgan edi.

Chicharito faoliyati davomida "Vest Xem"dan tashqari "Gvadalaxara", "Tapatio", MYU, "Real" va "Bayer" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SevillaFC