Rasman: "Chelsi"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2026, 16:01
Liam Rosenor Londonning "Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egalladi.

Bu haqda ingliz klubi rasmiy saytida xabar berildi.

41 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma 2032 yilgacha mo'ljallangan.

Ushbu lavozimda Rosenor 1 yanvar kuni iste'foga chiqarilgan italiyalik murabbiy Enco Mareskani almashtirdi.

Rosenorning oxirgi ish joyi Fransiyaning "Strasbur" jamoasi edi, undan oldin esa u Angliyaning "Xall Siti" jamoasini boshqargan.

Ayni paytda "Chelsi" Angliya chempionati turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: chelseafc.com