Rasman: "Chelsi"dan navbatdagi transfer

Tolibjon Qosimov
4 avg 2023
Yozgi transfer oynasida juda faol bo'lib turgan Londonning "Chelsi" klubi tarkibini yana bir o'yinchi bilan to'ldirib oldi.

Gap "Monako" markaziy himoyachisi va sardori Aksel Disasi haqida ketmoqda.

Fransiya terma jamoasining 25 yoshli o'yinchisi "aristokratlar" bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. "Chelsi" Disasi uchun "Monako"ga 45 million evro to'laydi.


Disasi Liga 1da 130ta o'yin o'tkazgan, Fransiya terma jamoasi safida esa 4 bor maydonga tushgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: chelseafc.com