

Klub 19 yoshli himoyachini "Ayaks"dan transfer qilganini e'lon qildi. Xato 2032 yilgacha mo'ljallangan shartnomani imzoladi.
Transfer "Chelsi"ga bonuslarni hisobga olmaganda 43,5 mln evroga tushishi xabar qilingan.
Xato o'tgan mavsumda Erediviziyada 31 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



