Rasman: “Chelsi” navbatdagi transferni e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
3 avg 2022
“Aston Villa” yarim himoyachisi Karni Chukvuemeki faoliyatini “Chelsi”da davom ettiradi.

18 yoshli futbolchining transferi 15 mln evroga amalga oshgani aytilmoqda. Bitim esa 6 yilga tuziladi.

Avvalroq, ingliz futbolchisiga “Barselona” hamda “Milan” jiddiy qiziiqish bildirgandi. Xavbek o'tgan mavsum “sherlar” libosida 14 ta bahsda maydonga chiqdi va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirdi.

U joriy yil o'tkazilgan 19 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Yevropa chempionatida Angliya TJ bilan g'olib bo'ldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: chelseafc.com