

Tajribali forvard Pro liga vakili "Buxoro" bilan bitim tuzgan.

Milan Mirosavlev o'tgan mavsum Chernogoriyaning "Suteska" jamoasi safida 19 ta o'yinda qatnashib, "gol+pas" tizimida "4+3" natijani ko'rsatgan.
Mirosavlev faoliyati mobaynida Serbiya, Qozog'iston, Chernogoriya va Latviya klublarida harakat qilgan. 2017/18 yilgi mavsum "Proleter" jamoasi bilan Serbiya Birinchi ligasi g'olibiga aylangan.



