Rasman: “Buxoro” Gess bilan bir yillik shartnoma tuzdi

10 noya 2013, 14:17
Biroz oldin xabar berganimizdek, “Buxoro” klubida bosh murabbiy o'zgardi.
Mavsumni Tachmurod Agamurodov boshchiligida o'tkazgan buxoroliklar yakunda 7-o'rin bilan kifoyalandi. Bu - rahbariyatni qoniqtirmagan ko'rinadi. Shuning uchun ham turkmanistonlik murabbiy bilan hamkorlik to'xtatildi.

“Buxoro” FK bosh murabbiylikka Edgar Gessni olib kelishga qaror qildi. Bungacha “Andijon”, “Nasaf”, “Sho'rtan” kabi jamoalarni boshqargan Edgar Yakovlevich hozirda Buxoroda bo'lib turibdi. Tasdiqlangan xabarga ko'ra, murabbiy yangi jamoasi bilan bir yillik bitimga imzo chekkan.

Aytish kerakki, jamoani birgina Agamurodov tark etmagan. Bungacha bosh murabbiyga yaqindan yordam berib kelgan Jamshid Saidov, Sergey Zaxareckiy, Kamo Gazarov singari murabbiylarga ham ochiq eshiklar ko'rsatilgan.

Faqatgina jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida ishlab kelayotgan Evgeniy Antonenko jamoada faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.

Chempionat yakuniga etgach, futbolchilarga tatil e'lon qilingan. Katta extimol bilan yangi murabbiy futbolchilarni 5 dekabrga yig'ishni rejalashtirgan.

Shuningdek murabbiylar shtabiga ham yangilar jalb etiladi.


Manba: championat.asia