Rasman: "Bunyodkor" o'yinchisi Rahmonaliev "Rubin"ga o'tadi

Alisher
18 avg 2022
"Rubin" o'zbekistonlik yarim himoyachisi Umarali Rahmonalievning o'tishi borasida kelishuvga erishdi.

"Futbolchi jamoaga "Bunyodkor" bilan shartnomasi qishda yakuniga etganidan so'ng o'tadi va 3,5 yillik shartnoma imzolaydi.

Shuningdek, Umaralini tug'ilgan kuni bilan tabriklaymiz! Bugun yangi o'yinchimiz 19 yoshni qarshi oldi", - deyiladi klub xabarida.

Futbolchining "Bunyodkor" bilan shartnomasi 2022 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi. 


"Bunyodkor" 18 yoshli futbolchisi uchun "Rubin"dan bir million dollar so'radi 



AlisherMuallif
Manba: rubin-kazan.ru