Rasman: Boyan Ciger Malayziya klubiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2023
O'tgan mavsum "Navbahor" markaziy himoyasida ajoyib o'yin ko'rsatgan Boyan Ciger faoliyatini Malayziyada davom ettiradi.

U Malayziya Super Ligasi vakili "Kedah" safini to'ldirdi. 



28 yoshli futbolchi avvalroq saytimizga "lochinlar" bilan shartnomasi yakunlanganini bildirgan edi. 

Eslatib o'tamiz, Ciger Namangan klubi tarkibiga 2021 yilning yozida kelib qo'shilgan edi. U "Navbahor" uchun 44 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo'ygan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: kedahdarulamanfc.com

O'xshash yangiliklar