

Etti yil deganda Paskal Gross vataniga qaytmoqda. "Brayton"ning 33 yoshli futbolchisi Dortmundning "Borussiya"si bilan shartnoma imzoladi.
Transfer summasi rasman e'lon qilinmayapti, lekin Gross "arilar" bilan 2026 yilning 30 iyuniga qadar bitim imzolagani ma'lum. Futbolchi yaqin kunlarda Shveytsariyaning Bad Ragac kurortida jamoa safiga borib qo'shiladi.
Oxirgi etti yilni Gross "Brayton" safida o'tkazdi va klub libosida 261 o'yinda 32 ta gol urib, 52 ta golli uzatma etkazib berdi.




