Rasman: “Borussiya D” Gyotcening ketishini e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
23 may 2020, 19:15
Dortmundliklar sport direktori Mixael Cork Mario Gyotcening jamoani tark etishini tasdiqladi.

“Gyotce bilan hamkorligimiz yozda tugaydi. Bu tomonlarning o'tkazgan ochiq suhbatidan keyin kelishgan holda qabul qilindi. Mario – juda yaxshi yigit”, deydi rahbariyat vakili.

Avvalroq, germaniyalik futbolchi faoliyatini Italiyada davom ettirish ehtimoli borligi, unga “Milan”, “Lacio” va “Roma” kabi jamoalar qiziqayotgani haqda xabarlar tarqalgandi.

U joriy mavsum Bundesligada 14ta bahsda qatnashib, 3 pasni o'z hisobiga yozdirdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/BVB