Rasman: "Bavariya" Levandovski "Barselona"ga o'tganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
16 iyul 2022, 20:44
Myunxen klubi polshalik hujumchi transferi bo'yicha kelishuvga erishilganini oshkor etdi.

"Barselona" Levandovski bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzadi. Kataloniya klubi forvard uchun 45 million evro va bonus sifatida yana 5 million to'lashi kutilmoqda. 

Levandovski  8 yil davomida "Bavariya"daharakat qildi. U klub bilan 8 marta Bundesligani yutdi, 3 marta Germaniya Kubogini qo'lga kiritdi, 5 marta Germaniya Superkubogida g'oliblikka erishdi va 2019/20 yilgi mavsumda esa Chempionlar Ligasida zafar quchdi.

Shuningdek, Levandovski ketma-ket 5 mavsumdan beri Germaniya chempionati to'purari bo'lib keldi. 

Hujumchi "Bavariya" uchun jami 375 ta o'yinda ishtirok etib, 344 ta gol urdi va 72 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com