

Ko'k-anorranglilar "Everton"dan o'z tarbiyalanuvchisi Jerar Deulofeuni sotib oldi. Transfer 12 mln. evro evaziga amalga oshdi. Klub va hujumchi o'rtasidagi bitim 2 yilga mo'ljallangan. Endi forvardni xarid qilmoqchi bo'lgan klub "Barselona"ga 20 mln. evro to'lashi kerak bo'ladi.




