"Napoli" Deulofeu bilan shartnoma imzolaydi

Оқил Абдубарноев
18 iyul 2022
"Napoli" "Udineze" hujumchisi Jerar Deulofeu bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

28 yoshli o'yinchi bilan shartnoma 2026 yilgacha mo'ljallangan. Hujumchining maoshi yiliga 2,5 million evroni tashkil qiladi.

"Napoli" futbolchi uchun 15 million evro to'laydi.

Eslatib o'tamiz, 2021/22 yilgi mavsum Deulofeu "Udineze" safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira