Rasman: “Barselona” himoyachisi besh haftaga safdan chiqdi

Kataloniya klubi himoyachisi Nelson Semedu jarohat olgan edi.

Nelson Semedu LaLiganing 25-turida “Jirona”ga qarshi kechgan o'yinda jarohat olgan edi. Klub rasmiy saytining ma'lum qilishicha, futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tgan va uning besh hafta maydonga tusha olmasligi oydinlashgan. Semeduga chap oyoq tizza osti paylarining shikastlanishi tashxisi qo'yilgan.


Manba: “Барселона” расмий сайти